2016 yil 15 noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Qaşqadaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Qaşqadaryo viloyat kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari va OAV xodimlari iştirok etdi.
Uçraşuv Qaşqadaryo viloyatining barça tuman va şaharlarining saylovçilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bölib ötdi.
Uçraşuvni xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyat Kengaşidagi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi guruhi a'zosi Allamurod Keldiyev oçib berdi va olib bordi.
Dastlab nomzodning viloyatdagi işonçli vakili Sayfulla Maxmatmöminov yiğilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan taniştirdi. Şundan söng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlari yuzasidan nutq sözladi.
Nomzod ta'kidlaganidek, saylovoldi Dasturda xalqaro miqyosda e'tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan beş tamoyil asosida amalga oşirilayotgan islohotlar bardavomligini ta'minlaş, tarixiy, madaniy, boy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlaş, ma'naviy yuksalişga erişiş hamda milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Dasturda belgilangan maqsad-vazifalar mamlakatimizning barça hududlari qatori Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida ham juda muhimdir. Sarvar Otamuratov aytib ötganidek, Qaşqadaryo viloyati respublikada iqtisodiy salohiyati bilan ajralib turadi. Bugungi kunda yurtimizda qazib olinayotgan gazning 64 foizi, neftning 67, gaz kondensatining 87,4 foizi Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri kelmoqda. Viloyatdagi Şörtan gaz-kimyo majmuasi, “Muborakneftgaz” unitar şö'ba korxonasi, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi kabi zamonaviy sanoat korxonalari, “Hisorneftgaz”, “Kökdumaloqgaz”, “Şörtangazmahsulot” singari yirik qöşma korxonalar iqtisodiyotni rivojlantiriş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Uçraşuvda Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov viloyatdagi yirik sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oşiriş masalalari muhandislik-kommunikatsiya va yöl-transport infratuzilmasiga boğliq ekanligini ta'kidladi. Şuning uçun dunyo bozoriga yangi yöllar oçiş, Özbekistonni boşqa davlatlar, mintaqalar bilan boğlaydigan transport kommunikatsiyalari barpo etiş masalasiga alohida e'tibor qaratdi.










