Turkiya huquq-tartibot idoralari, mamlakat janubi-şarqidagi Mardin viloyati Derik tumani ma'muriyati rahbari Fotih Safiturk öldirilganidan söng, 71 kişini hibsga oldi. Ularning 28 nafari mahalliy hokimiyat vakillaridir, deya ma'lum qilgan viloyat rahbari Mustafo Yaman.
10 noyabr kuni Derik tuman hokimligi binosida bölgan Safiturkka qölbola portlovçi moslamadan foydalangan holda hujum qilingan edi. Buning oqibatida, 3 kişi, şu jumladan Safiturk ham jarohat olgandi. Kelasi kuni Derik rahbari şifoxonada jon bergan. Mazkur xurujda Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi a'zolari gumon qilinmoqda.
Mustafo Yamanning aytişiça, portlovçi qurilma tuman hokimligiga poçta jönatmasi sifatida keltirilgan hamda ma'muriyat xodimlari tomonidan rahbar xonasiga joylangan, söngra masofadan işga tuşirilgan.
Safiturk Turkiya hukumati tomonidan öz vazifasidan çetlaştirilgan Derik tumani rahbari örniga tayinlangan edi.












