Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 15 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. 

Videokonferensiya şaklida taşkil etilgan uçraşuvni xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyati Kengaşidagi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi deputatlik guruhi a'zosi A.Keldiyev oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili S.Mahmatmöminov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov özining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi. 

Dasturda xalqaro miqyosda e'tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan beş tamoyil asosida amalga oşirilayotgan islohotlar bardavomligini ta'minlaş, boy tarixiy, madaniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlaş, ma'naviy yuksalişga erişiş hamda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. 

Dasturda belgilangan maqsad-vazifalar mamlakatimizning barça hududlari qatori Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida ham muhim örin tutadi. Mamlakatimizda qazib olinayotgan gazning 64, neftning 67, gaz kondensatining 87,4 foizi Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri keladi. Viloyatdagi Şörtan gaz-kimyo majmuasi, “Muborakneftgaz” unitar şö'ba korxonasi, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi kabi zamonaviy sanoat korxonalari, “Hisorneftgaz”, “Kökdumaloqgaz”, “Şörtangazmahsulot” singari yirik qöşma korxonalar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda. 

Viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantiriş, eksportga yönaltirilgan işlab çiqarişni kengaytiriş, eksport qilinadigan mahsulotlar hajmi va turini yanada köpaytiriş, yengil sanoat va töqimaçilik korxonalariga mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qiliş, dunyo bozoriga yangi yöllar oçiş, mamlakatimizni boşqa davlatlar, mintaqalar bilan boğlaydigan transport kommunikatsiyalari barpo etiş masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan. 

Davlat kompaniyalari va davlat uluşi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xöjalik faoliyati oçiqligini ta'minlaş orqali ularning faoliyati samaradorligini yanada oşiriş, milliy iqtisodiyot rivoji yetuk mutaxassislarga boğliq ekanini hisobga olgan holda, zamonaviy bilim va malakaga ega muhandis-texnik, moliya-iqtisod, korporativ boşqaruv menejmentlari, axborot texnologiyalari sohasida dasturçilarni tayyorlaşni tubdan takomillaştiriş, iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş masalasi ilgari surilgan.