Microsoft korporatsiyasi hammuassisi Bill Geyts va uning turmush o‘rtog‘i Melinda Geyts AQShning eng yuksak fuqarolik mukofoti - Ozodlik prezident medalini qo‘lga kiritishadi. Bu haqida Oq uyning rasmiy saytida xabar berildi.

Geytslar juftligi 2000 yilda asos solingan, AQSh va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadigan Bill & Melinda Gates Foundation fondi xizmatlari uchun ana shunday yuksak mukofotga munosib ko‘rildi.

"Ajoyib Greys" nomi bilan tanilgan olim va kontr-admiral Greys Hopper ham vafotidan keyin ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

Shuningdek matematik va kompyuter mutaxassisi Margaret Gamilton ham ushbu yuksak mukofotni qo‘lga kiritadi.