Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 16 noyabr kuni Buxoro viloyati saylovçilari bilan uçraşdi.
Videokonferensiya tarzida taşkil etilgan uçraşuvni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati F.Umarov oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili R.Kozimova yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Keyingi yillarda Buxoro viloyatida ham yuqori ösiş sur'atlari kuzatilmoqda. Buning tasdiğini sönggi beş yilda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar ösgani, yalpi hududiy mahsulotda sanoatning uluşi 24,7 foizdan 30 foizga yetganida köriş mumkin. Viloyatning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi uluşi tobora ortib bormoqda. Yurtimizda qazib olinayotgan tabiiy gazning 10, gaz kondensatining 11, neftning 7, yetiştiriladigan paxtaning 11, ğallaning 9, pillaning 12 foizi Buxoro viloyati hissasiga töğri keladi
Dastur partiyaning ğoya va dasturiy maqsadlari, xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi köpçilik – Demokratik kuçlar blokiga nisbatan özini muxolifat, deb e'lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator ğoyalariga asoslanadi.
Mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaşda oilaviy tadbirkorlik va kasanaçilikni rivojlantiriş, korxonalar tasnifiga “örta korxona” tuşunçasini kiritiş, ya'ni yirik, örta va kiçik korxonalar mezonlarini belgilaş, kiçik korxonalarning yiriklaşişi va yanada rivojlanişiga xizmat qiladigan soliq va imtiyozlar tizimini işlab çiqiş taklifi ilgari surilgan.
Quriliş taşkilotlarining moddiy-texnik ta'minotini yaxşilaş, sohaga yangi texnologiyalarni joriy qiliş, malakali mutaxassislarni yollaşga imkoniyat beruvçi şaroitlar yaratiş maqsadida soliq yukini kamaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş, buning uçun muntazam ötkaziladigan iş örinlari yarmarkalarini yanada kengaytiriş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini tuzişda joriy va istiqboldagi taraqqiyot yönalişlarini töğri va aniq belgilab olişga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Uçraşuvda Buxoro davlat universiteti magistranti Ş.Bobojonov, Şofirkon tumanidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yiğinining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi S.Yusupova, Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Buxoro viloyati kengaşi raisi O.Qudratov, Vobkent tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori R.Hayitova, Peşku sanoat kasb-hunar kolleji öqituvçisi M.Safoyeva nomzodning saylovoldi dasturi haqida öz fikrlarini bildirdi. Saylovçilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirdi.












