Tarmoq naşrlaridan biri bölgan The Intercept AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi xodimlarining qaysi binoda telefon muloqotlari, internet xabarlarni öğirlaş bilan şuğullanişlarini aniqladi. U Nyu York şahri markazidagi AT&T telekommunikatsiya kompaniyasiga tegişli ekani aytiladigan köpqavatli, derazalardan xoli, kulrang tusdagi binodir, deb yozadi naşr.
Jurnalistlar olib borgan suriştiruv natijalariga köra, Manxettenning gavjum mavzelaridan birida joylaşgan bino maxsus xizmatlar xodimlari orasida Titanpointe deb nomlanadi. 29 qavatli bino 1969-1974 yillarda qurilgan. Unda, rasman AT&T kompaniyasining kommunikatsiya markazi joylaşgan.
Biroq, The Intercept ötkazgan suriştiruvlarga köra, "bu osmonöpar bino şunçaki xalqaro qönğiroqlarni taqsimlaydigan markaz" emas. "U MXAning AQŞ hududidagi muhim razvedka binolaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, telefon qönğiroqlari, faks xabarlar, internet-ma'lumotlarini uşlaydigan maxfiy kuzatuv markazi joylaşgan", - deyiladi xabarda.
Jurnalistlarning uqdirişlariça, aynan uşbu binodan "BMT, Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki hamda AQŞning Germaniya, Yaponiya va Fransiya kabi ittifoqçi mamlakatlari qatori 38 davlat nişonga olingan". Naşr xodimlari, AQŞ sobiq pudratçisi Edvard Snouden taqdim etgan ma'lumotlarni örganiş hamda AT&T kompaniyasining sobiq xodimlariga bino arxitekturasiga oid savollar beriş orqali şunday xulosaga kelgan. MXAdagilar uşbu taxminlarni izohlaşdan boş tortişgan.












