«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino şogirdi Ueyn Runi bilan boğliq vaziyat yuzasidan FA (Angliya futbol assotsiatsiyasi) xodimlari çiqargan qarordan darğazab böldi.

Şotlandiya terma jamoasiga qarşi uçraşuvdan (3:0) keyin Angliya terma jamoasi futbolçilariga ta'til berilgan. Futbolçilar öz oilasi bilan uçraşişlari uçun mehmonxonani tark etişgan. Runi esa jamoadoşi Fil Jagelka va bir qator terma jamoa işçilari bilan otelda qolib, şu hududda bölayotgan töy marosimiga qöşilişgan. Nomi ma'lum bölmagan murabbiy, tibbiy xodimlar va assotsiatsiyaning bir qator xodimlari şu keça bir qança pivo va qizil vino buyurişgan va tongga qadar köngilxuşlik qilişgan.

Yakşanba kuni Ispaniya terma jamoasiga qarşi öyindan oldingi maşğulotlarda Runi özini yaxşi his qilmagan, natijada u öyin qaydnomasiga kiritilmagan.

Xabar qilinişiça, Mourinoni köproq bar içida bölgan assotsiatsiyalari xodimlarining harakatlari ğazablantirgan. MYu» murabbiyi futbolçilarga rasmiy ravişda bunday imkoniyat berilganidan norozi bölgan. Şuningdek portugaliyalik mutaxassis Runining mast holatdagi rasmi tarqalişini ham qoralab çiqqan.

Runi 19 noyabr kuni APL doirasidagi 12-turdan örin olgan «Arsenal»ga qarşi uçraşuvga qadar maydonga tuşiş uçun tayyor bölişi kutilmoqda.