2016 yilning 16 noyabr kuni Özbekiston xususiy tadbirkorlari uçun muhim hodisa bölib ötdi – Imzo Akfa hamkorlari uçun birinçi savdo uyi oçildi. Maxsus jihozlangan inşoot tayyor mahsulotlar va butlovçi qismlarning töliq assortimenti, qöşimça materiallar va hatto quriliş aksessuarlari hamda kompaniya hamkorlari uçun maxsus kiyimlarni özida jamlagan.

Savdo uyi yakka tartibdagi tadbirkorlar qulayligi va ularga işonçli hamkorlik körsatiş uçun yaratildi. Har bir hamkor öz mijozlariga uy uçun tayyor yeçimlar, töliq assortimentdagi butlovçi qismlarni namoyiş etiş, kredit oliş va şartnoma imzolaş imkonini qölga kiritadi.

Tadbirkorlar va mijozlar hamkorlik qiluvçi oçiq maydon şaxsiy ŞOU-RUM jihozlariga ketadigan xarajatlarni qisqartiriş, işlab çiqariş jarayonlari bilan batafsil tanişiş, hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilab oliş, biznesni yuqori darajada yuritiş uçun qöşimça materiallarni qölga kiritiş va körsatilayotgan xizmatlar servisiga diqqatni qaratiş imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, ImzoAkfa’ning hamkorlarga möljallangan savdo uyi bu biznes sub'yektlari uçun ulkan şou-rumdir, asosiy maqsad – Özbekistonda yuqori sifatli tovarlar va xizmatlarni taqdim etiş.


Hamkorlar uçun ImzoAkfa savdo uyining tantanali oçilişga 200 nafardan ortiq mehmon – qisqa muddatli hamkorlik davomida birgalikda iş olib borişning samaradorligini töliq his qilişga ulgurgan kiçik va örta biznes vakillari taklif etildi. Ularning eng faollari quyidagi nominatsiyalarda mukofotlarni qölga kiritişdi: eng talabçan, eng işbilarmon va eng mehnatkaş hamkor.

Işlab çiqarişning yuqori texnologik avtomatlaştirilgan liniyalarini joriy etiş tufayli milliy mahsulot sifati ğurur bilan “Özbekistonda işlab çiqarilgan” deyiş imkonini beradi. ImzoAkfa yaxşi niyat bilan yölga qöyilgan hamkorlikni qadrlaydi va asosiy maqsadi Iste'molçiga haqiqatdan ham yuqori sifatli mahsulotni yetkaziş uçun barça işbilarmonlarga hamkorlikni taklif etadi. Faqat birlaşibgina Iste'molçining ehtiyojini maksimal darajada samarali qondirişga erişiş mumkin.











