Istanbul politsiya mahkamasi Yildiz texnika universitetining 70 nafar öqituvçisini Fathulloh Gulen taşkilotiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Uşlanganlar orasida professorlar, dotsentlar, ularning örinbosarlari va universitet tadqiqot bölimlari a'zolari bor. Umuman, prokuratura suddan 103 kişini qölga oliş böyiça ruxsat olgan. 

Hibsga olinganlarning barçasi tibbiy körikdan ötkazilgan va Xavfsizlik boşqarmasiga söroq qiliş uçun olib kelingan. Ularni qölga olişga sabablardan biri sifatida, mobil telefonlarida Bylock dasturining bölganidir. 15 iyuldagi davlat töntarişiga uriniş çoğida, isyonçilar ayni ilova vositasida özaro muloqot qilişgan. 

Uşbu amaliyotlar Fathullohçilar terrorçilik taşkiloti – FeTOga nisbatan suriştiruv işlari doirasida amalga oşirilgani ta'kidlanmoqda.