2016 yil 18 noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Toşkent viloyati Kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda turli sohalar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar. Uçraşuv viloyatning barça tuman va şaharlaridagi saylovçilar bilan onlayn videokonferentsaloqa tarzida taşkil etildi.
Uçraşuvni Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşidagi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi guruhi rahbari Abdujabbor Saydullayev oçib berdi va ayni paytda saylovoldi taşviqoti jarayoni qizğin pallaga kirganligini ta'kidladi. Nomzod va uning işonçli vakillari joylarda saylovçilar bilan uçraşuvlar orqali, partiya taşviqot guruhlari ommaviy axborot vositalarida Sarvar Otamuratovning saylovoldi Dasturini qonunda belgilangan şakl va usullarda keng taşviqot qilayotganligini aytib ötdi.
Nomzodning Toşkent viloyatidagi işonçli vakili Şuhrat Nasimov iştirokçilarga Sarvar Otamuratovni taniştirar ekan, uning tarjimai holiga batafsil töxtaldi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovoldi Dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Nomzod öz sözida, Toşkent viloyati rivojlangan sanoati, iqtisodiyotni ravnaq topişiga imkon beruvçi geografik örni, ulkan ma'dan va xom aşyo zahirasi bilan respublikada alohida öringa ega ekanini ta'kidladi. Viloyat mehnatkaşlari öz fidoiyligi va bunyodkorlik salohiyati bilan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlarga munosib hissa qöşib kelişayotganini e'tirof etib ötdi.
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov bevosita saylovoldi Dasturda belgilangan vazifalarga saylovçilar e'tiborini qaratar ekan, tarixiy, madaniy, boy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlaş hamda ma'naviy yuksalişga erişiş masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilganini ta'kidladi.
Xususan, Dasturda mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirişning aniq mexanizmlari aks ettirilgan. Nomzod “Xalqning ma'naviy-ruhiy tiklanişi — iqtisodiy islohotlarning negizidir” tamoyili ostida Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi oşişida iqtisodiyot hal qiluvçi ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
Nomzod uçraşuvda aytib ötganidek, bu borada işlab çiqarişga yönaltirilmagan xarajatlarni qisqartiriş, mahalliy sanoat samaradorligini yanada oşirişning huquqiy asoslarini izçil takomillaştirişga erişiş lozim. Xorijiy mahsulotlar örnini bosadigan mahsulotlarni işlab çiqarayotgan mahalliy işlab çiqaruvçilarni samarali qöllab-quvvatlaş orqali milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlardan muhofaza etiş zarur.











