Dunyoda birinçi bölib insonga sun'iy yurakni köçirib ötkaziş operatsiyasini amalga oşirgan kardiojarroh Denton Kuli 96 yoşida AQŞda vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Jarroh 18 noyabrda Xyustondagi uyida 4 qizi qurşovida hayotdan köz yumdi.

Kuli 1920 yil 22 avgustda Xyustonda tuğilgan. 1941 yilda Ostindagi Texas universitetini zoologiya ixtisosligi böyiça tamomlagan. U keyinçalik tibbiy ma'lumot olgan, Jons Xopkins universitetining tibbiyot maktabida jarrohlik amaliyoti va internaturadan ötgan. 

Marhum 1962 yilda Texas kardiologiya institutiga asos solgan, 1969 yilda esa 47 yoşli Xaskell Karpga sun'iy yurak köçirib ötkazgan. Sun'iy yurak Karpning hayotini 65 soat davomida uşlab turgan, söngra unga donorlik yuragi ötkazilgan. Erkak şundan keyin bir kundan köproq yaşay olgan.

Ma'lumotlarga köra, Kuli öz faoliyati davomida 100 mingga yaqin kişiga jarrohlik qilgan. U şuningdek kardiojarrohlikda qöllanadigan köplab metodikalarning muallifi sanaladi. Kardiojarroh ulkan xizmatlari uçun AQŞdagi eng oliy fuqarolik mukofoti – prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirlangan.