Toşkent davlat tibbiyot universitetining bolalar köp tarmoqli klinikasida 6 yoşli bemorda dunyodagi eng zamonaviy yurak jarrohligi amaliyotlaridan biri – organning öz töqimasidan yangi klapan yasaş operatsiyasi amalga oşirildi. Mazkur jarrohlik usuli Özbekistonda ilk bor qöllandi. Kardiojarroh Bobur Törayev amaliyot qanday ötkazilgani haqida Kun.uz’ga sözlab berdi.
Jarayon beş soatga yaqin davom etgan. Operatsiyada uç nafar jarroh, narkoz şifokorlari, sun’iy qon aylaniş apparati mutaxassisi, umumiy hisobda ön nafardan ortiq tibbiyot xodimlari iştirok etgan. Jarrohlik tugagaç, bemor yuragi exokardiografiya orqali tekşiruvdan ötkazilgan va bosim ölçovlari normal körsatkiçlarda ekanligi tasdiqlangan.

“Bemorimiz Amirxon ismli 6 yoşli bola tuğma uç tabaqali klapan yetişmovçiligi bilan olib kelingan edi. Bu klapan yurakning öng bölmaçasi bilan öng qorinçasi orasida joylaşgan va qon oqimini tartibga solib turuvçi muhim tuzilma hisoblanadi. Avvalo, biz mavjud klapanni davolaşga harakat qildik, biroq operatsiya davomida uni qayta tiklaşning imkoni bölmadi. Keyin esa Avstraliyadagi ustozlarimdan örgangan texnologiyani qöllaşga qirişdik, ya’ni yurakning öng bölmaçasi quloqçasidan töqima olib, undan yangi klapan yasadik. Hozirda bemorning ahvoli yaxşi, reanimatsiyadan olinib, palataga çiqarilgan: bolakay örnidan turib, öynab yuribdi”, – deydi Bobur Törayev.

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, jarrohlik amaliyotida qöllangan yurak töqimasining kesilişi organ faoliyatini izdan çiqarmaydi, çunki bu jarayon faqatgina zarur bölgan anatomik tuzilma darajasida amalga oşiriladi. Şuningdek, uşbu usul transplantatsiya va implantatsiyada uçraydigan immunologik rad etiliş (rejyeksiya) xavfini minimallaştiradi. Bemorning öz yurak töqimasi yoki organi işlatilgani uçun u tanaga mos tuşadi va qon aylanişi deyarli tabiiy holatda davom etadi, heç qanday jiddiy buziliş bölmaydi. Bu esa tromb hosil qiliş xavfini kamaytiradi va klapanning funksional çidamliligini oşiradi.

“Bölmaça yurakning törtta kameralaridan biri bölib, içida qon töplanadigan böşliqdir. Uning asosiy vazifasi qon kelib tuşgaç, uni qorinçaga ötkazişdan iborat. Uşbu bemorimizda uç tabaqali klapan töğri işlamagani sababli öng qorinçadan öng bölmaçaga oqim ortib ketgan. Aslida bunday bölmasligi kerak: soğlom klapan ziç yopilib, bölmaçadan qon faqat qorinçaga, u yerdan esa öpka arteriyalariga ötişi lozim. Ammo klapan yetarli darajada işlamagani uçun bölmaçadan qorinçaga ötgan qonning bir qismi yana qorinçadan bölmaçaga qaytib ketgan. Natijada bölmaçaning hajmi me’yordan ikki-uç barobar kattalaşgan. Operatsiya davomida mazkur bölmaçaning quloqçasidan bir parça töqima oldik, kesilgan joy norma darajasidan kiçraymadi. Bu usul bemor hayoti uçun heç qanday xavf tuğdirmaydi”, – deydi kardiojarroh.

Mazkur operatsiyaning unikalligi şundaki, jarayon davomida heç qanday sun’iy material qöllanmaydi: organning bir qismidan tayyorlangan klapan organizm tomonidan tezroq qabul qilinadi, infeksiya xavfi kamayadi va bemor uzoq muddat soğlom yaşaş imkoniga ega böladi.
“Ösmirlarga sun’iy klapan qöyişning bir qator kamçiliklari mavjud. Eng katta muammo bolaning yoşi va yurak ölçamlari özgarişida. Kiçik yoşdagi bemor uçun mos keladigan mini sun’iy klapanni topiş ança qiyin.

Bundan taşqari, bola ulğayişi bilan yurak hajmi va ölçamlari ham kattalaşadi, biroq sun’iy klapan ösiş jarayonida iştirok eta olmaydi. Oqibatda, u vaqt ötişi bilan yurak uçun kiçik bölib qoladi va qayta operatsiya qilinib, yangisini örnatişga zarurat tuğiladi”, – deydi Bobur Törayev.
Suhbat davomida şifokor yurak operatsiyalarini ötkaziş böyiça xorijda örgangan tajribalari, bolalarda uçrayotgan yurak kasalliklari sabablari va ularning oldini oliş çoralari, faoliyatida kuzatilayotgan tibbiy asbob-uskunalarining eskirganligi muammosi haqida gapirib berdi.
Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.
Jurnalist: Diyoraxon Nabijonova
Operator va montaj ustasi: Bobur Anvarov












