Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifi yakunlandi.

Turkiya rahbari Samarqandda Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev bilan yakkama-yakka muloqot va ikki davlat delegatsiyalari iştirokidagi muzokaralardan keyin şahardagi va viloyatdagi diqqatga sazovor tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Şundan söng, Rajab Toyib Erdöğan Samarqanddan Anqaraga jönab ketdi.

Unga Pokiston va Özbekiston böylab safari davomida boş vazir örinbosarlari Veysi Kaynak va Turğul Turkeş, taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekçi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qildi.