Asli fransiyalik modeler Sofi Tele AQŞning yangi birinçi xonimi Melanya Tramp bilan hamkorlik qilişdan boş tortdi. Sofi Tele AQŞning hozirgi birinçi xonimi Mişel Obamaning aksariyat liboslari muallifi hisoblanadi. U özining Twitter sahifasiga joylaştirgan oçiq maktubida şu haqda söz yuritgan
«Sophie Theallet brendi irqçilik va boşqalarni mensimaslikning har qanday körinişiga qarşidir... Uşbu mamlakatda muhojir böliş barobarida öz orzularimni röyobga çiqariş imkoniga ega böldim. Birinçi xonim Mişel Obamaga sakkiz yil mobaynida libos tikib beriş men uçun şaraf böldi», — deb yozgan dizayner.
Ayni vaqtda, Tele «şaxsiy erkinliklar, turli-tumanlikni ma'qullovçi şaxs va boşqalarning turmuş tarzini hurmat qiluvçi kişi sifatida» bölğusi davlat rahbarining rafiqasiga liboslar tayyorlamaydi yoki biror körinişda hamkorlik qilmaydi.
«Uning eri tomonidan saylovoldi kampaniyasi çoğida irqçilik, körolmaslik va seksizm kabi jihatlarning avj oldirilişi, bizlarning hayotiy qadriyatlarimizga ziddir», — degan modeler, boşqa hamkasblarini özidan örnak olişga çaqirgan.












