4 dekabrda bölib ötadigan Prezident saylovi munosabati bilan Özbekiston XDPdan körsatilgan nomzod va uning joylardagi işonçli vakillari tomonidan saylovçilar bilan uçraşuvlar qizğin pallaga kirdi. 

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov 11 marta uçraşuv ötkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovçi iştirok etdi. Nomzodning işonçli vakillari tomonidan esa 30dan ortiq uçraşuv taşkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovçi qamrab olindi.

Ötkazilayotgan uçraşuvlar ştablar tomonidan muntazam tahlil qilib borilmoqda. Xususan, har bir mintaqada bölib ötgan uçraşuvdagi ma'ruzalarning saylovçilar tomonidan eng köp muxokama qilinayotgan qismlari umumlaşirilmoqda.

Foto:ndp.uz

Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuv.

- Körinib turibdiki, bizning eng asosiy ğoyamiz – aholining davlat va jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilişdan iborat.
Bu maqsadni samarali amalga oşiriş uçun qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e'tibor qaratiş lozim, deb hisoblaymiz. 

Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qiliş, turmuş darajasini yaxşilaşning eng muhim şarti bu – ularning bandligini ta'minlaşdir. Buning uçun avvalo, mehnatga layoqatli kişilarning munosib haq tölanadigan iş örinlariga ega bölişini, fuqarolarning şaxsiy taşabbuskorligi va işbilarmonligini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş zarur, deb bilamiz.
Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoşlarga ularning ijtimoiy kelib çiqişidan qatiy nazar, kasb tanlaş, ta'lim oliş va öquv muassasalarini bitirgaç, iş örniga ega bölişlari uçun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul şart-şaroitlarni yaratişga eng muhim masala sifatida qaraymiz.

Ijtimoiy himoya borasida pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boşqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari töliq qondirilişini kafolatlovçi pensiya ta'minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini şakllantiriş bilan boğliq masalalarni qamrab oluvçi kuçli ijtimoiy siyosatni amalga oşiriş lozim, deb hisoblaymiz. Şuningdek, ijtimoiy va kommunal xizmatlarning sifatliligini va aholining qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand qatlamlari uçun maqbulligini ta'minlaş tarafdorimiz.