Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Estoniya mudofaa vaziri Xannes Xansoga fransuz tomoni 2017 yilda Estoniyaga 300 harbiy, 5 ta Leclerc tanki va 13 ta zirhli piyoda maşinasi (BMP) yuborişini ma'lum qildi. Bu haqda ERR portali xabar bermoqda.
"Estoniyalik va fransuz askarlari Afrikadagi operatsiya tufayli jangovar birodarlik riştalari bilan boğlangan. Biz hozir NATOning Boltiq dengizi hududida va ayniqsa, NATOning çegaraoldi davlatlarida harbiy joylaşuvini oşirib, Yevropa mudofaasiga bor kuçni beriş kerakligini ravşan anglamoqdamiz", deb aytdi Xanso.
Ta'kidlanişiça, fransuz bölinmasi Tapa şahrida joylaşadigan NATOning Buyuk Britaniya qömondonligi ostidagi batalon guruhi tarkibiga kiritiladi.











