«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourinyu APLning 12-turi doirasida «Arsenal»ga qarşi keçgan va 1:1) hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi. «Kanonirlar» 89-daqiqada Olive Jiruning goli evaziga mağlubiyatdan qutilib qoldi.

«Albatta, biz 2 oçko yöqotdik. Axir raqibga qaraganda yaxşiroq öynayotgandik. Ularda umuman vaziyat bölmagandi.

Bu yana bir mağlubiyat. Bunday kuçli raqibga qarşi öyinda durang öynaş fojia emas. Lekin bugun David de Xea öyin davomida dam oldi, Petr Çex esa 2-3 marta seyv qilişga majbur böldi. Öyinni nazorat qila turib, ğalabani boy beriş mağlubiyatga teng.

Biz himoyada alohida öyin körsatdik, ajoyib pressing qildik va ularning qarşi hujumlarini nazoratda tutib turdik. „Arsenal“ özining yagona imkonidan foydalanib qoldi. Biz birinçi marta ularni töxtata olmay qolgandik. Bugun ularning omadi keldi, bizniki esa yöq.

Ayni vaqtda „MYu“ — Premer-ligadagi eng omadsiz jamoa. Bu kundek ravşan. Biz a'lo darajadagi futbol namoyiş etmoqdamiz.

Men yigitlarimizning öyinidan va muxlislarimizning harakatlaridan mamnunman. Ular bugungi öyindan keyin bizni faqat olqişlaş kerakligigini bilişardi», — deya Mourinodan iqtibos keltirgan BBC Sport.

Bugungi öyindan keyin Mourino şogirdlari 19 oçko bilan turnir jadvalida 6-örinda qolmoqda.