Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Per-Emerik Obameyang Germaniya çempionatining «Bavariya» ga qarşi keçgan uçraşuvida (1:0) kiritgan golini «otjimaniye» orqali nişonlanganiga izoh berib ötdi.

«Fransiyalik yaqin döstlarimdan biri, repper uçraşuv paytida stadionda ötirgandi. U şu maşqqa bağişlab yangi qöşiq yozdi. Şu boisdan ham golni unga bağişlaşga qaror qildim.

Töğrisini aytişim kerak, u «Bavariya»ning muxlisi va faqat meni emas Frank Riberining ham dösti. Şuning uçun unga uçraşuv tugagaç, «Borussiya»ga muxlis bölib qolişini aytgandim, – deya futbolçidan iqtibos keltiradi klub rasmiy sayti.