Nosteltur sayyohlik portali versiyasiga köra, Yevropaning eng notinç 15 şahri reytingi tuzildi. Bu haqida «Ispaniya po-russki» sayti ma'lum qildi.
Ekspertlarning fikriça, Yevropaning eng notinç şahri - Kiyev (Ukraina). Ukrainaning janubi-şarqida röy berayotgan harbiy töqnaşuvlar tufayli Kiyev notinç şaharlar reytingida yetakçilik qilgan.
Reytingning ikkinçi poğonasidan Belgrad şahri örin oldi. Bunga serb poytaxtidagi korrupsiya, öğrilik va talon-tarojlik sabab qilib körsatilgan.
Yevropaning eng notinç şaharlari uçligiga Afina şahri yakun yasaydi. Murakkab iqtisodiy vaziyat va şu sabab oşib borayotgan namoyişlar soni, bu Afinani xavfli şaharlar qatoriga qöşdi.
Ommaviy norozilik namoyişlari va korrupsiya Sofiya şahrining (Bolgariya poytaxti) törtinçi örinda qayd etilişiga sabab böldi. Beşinçi örinni qoçqinlar oqimi tufayli reytingga kiritilgan Budapeşt şahri egalladi.
Top-15 şaharlar röyxatiga şuningdek Madrid, Rim, Zagreb (Xorvatiya), Buxarest, London, Parij, Varşava, Belfast va Barselona şaharlari kiritildi. 15-örinni Milan şahri egalladi.
Avgust oyida Economist jurnali tahlilçilari ham Kiyevni dunyoning eng xavfli şaharlaridan biri deb topgandi.












