Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mixail Saakaşvilining Odessaga gubernator bölişi odessaliklar va butun ukrain xalqiga haqoratdek bölgan, deb ma'lum qildi Putinning rejissyor Oliver Stounning "Ukraina olov içida" filmida bergan intervyusiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bu odessaliklar va umuman butun ukrain xalqiga tupurişdek bölgan. Unga AQŞda hattoki mehnat vizasini ham berişmagan. Uni işga joylaştirişmoqçi bölgan universitetlar uni doimiy işga olişni istaşmagan. Biroq u Odessa gubernatori vazifalarini bajarişi mumkin ekanda. Nima bu işni qila oladigan vijdonli, professional va layoqatli ukrainaliklar yöqmidi?", deb aytgan Putin Saakaşvilining gubernator etib tayinlanişi borasida.
Saakaşvili 7 noyabrda Ukraina hukumatining korrupsiyaga qarşi kuraşiş istagi yöqligi sababli Odessa gubernatori lavozimidan ketişini ma'lum qilgandi. Keyinroq u yangi harakatga asos solayotganini ma'lum qilgan.












