Jahon | 08:46 / 21.11.2016
4913
2 daqiqa o‘qiladi

Sarkozi praymerizdagi mag‘lubiyatini tan oldi va Fiyonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Foto: Reuters

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi o‘ng markazchilar praymerizida mag‘lubiyatini tan oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Men Fransua Fiyon va Alen Jyuppeni 2-turga chiqqani bilan tabriklayman. Bu o‘ng fransuzlar faxrlanishi mumkin bo‘lgan munosib odamlardir", deb aytgan Sarkozi.

10 ming 229 ta saylov uchastkasidan 8 ming 400 tasida ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin, Sarkozi 22,1 foiz ovoz to‘plagan va bu unga 2-turga o‘tishga imkon bermagan. Uning raqiblari – Fransiyaning sobiq bosh vazirlari Fransua Fiyon 44 foiz ovoz, Alen Jyuppe esa 28,1 foiz ovoz to‘plagan.

Sarkozi ikki g‘olib ham munosib nomzod ekanini va Jyuppeni juda hurmat qilishini aytgan.

"Biroq Fransua Fiyonning siyosiy qarashlari menga yaqinroq. Menga ovoz bergan saylovchilar erkin tanlovni amalga oshirishga haqlilar. Biroq aniq va rost gapirish mening burchimdir: qanday ziddiyatlar bo‘lmasin, Fransua Fiyon, fikrimcha, Fransiya oldidagi turgan chaqiriqlarni yaxshiroq anglaydi", deb qo‘shimcha qilgan Sarkozi.

 

Mavzuga oid