“Bizning boş maqsadimiz – Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov tomonidan boşlab berilgan demokratik islohotlarni izçil davom ettiriş va çuqurlaştiriş, tinçlik-osoyiştalik va barqarorlikni ta'minlaş, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlaş, xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitini yaratişdan iborat” deyiladi nomzodimiz Şavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturida.

Mustaqillik yillarida Özbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 barobar ösdi, uning tarkibida sanoatning uluşi 14 foizdan 34 foizga yetdi, jahon miqyosidagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, yalpi içki mahsulotimizning ösiş sur'atlari oxirgi 11 yil davomida kamdan-kam davlatlar qatorida 8 foizdan kam bölmasdan kelmoqda. 

Mamlakatimiz uçun mutlaqo yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, xususan, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik sanoati, qişloq xöjaligi va temir yöl maşinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, töqimaçilik sanoati, zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqariş va boşqa sohalar izçil rivojlanmoqda. Bugun Özbekiston mintaqamizdagi sanoati eng tez rivojlanayotgan, nafaqat içki, balki taşqi bozorlarni ham sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaşga qodir bölgan mamlakatga aylandi. 

Birgina misol. Mustaqillik yillarida “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 trillion sömdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion sömdan ortiq xalq iste'mol tovarlari işlab çiqarildi. Korxonalar paxta kalava va gazlama, töqimaçilik matolari, tayyor kiyimlar işlab çiqariş bilan birgalikda tibbiyot uçun möljallangan mahsulotlar va maxsus kiyimlar tayyorlaşni ham özlaştirdi. 

Sohada özlaştirilgan investitsiyalar hajmi ham mamlakatimiz yengil sanoatining yuksak salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. 1995 yildan buyon uşbu sohaga qiymati 2 mlrd. dollardan ortiq çet el investitsiyasi jalb etildi. Sönggi yillarda Germaniya, Şveytsariya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, AQŞ, Hindiston va boşqa mamlakatlar sarmoyadorlari iştirokida 200 dan ortiq loyiha amalga oşirildi. Keng turdagi töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş imkonini beradigan zamonaviy korxonalar işga tuşirildi. 

Istiqlolimizning ilk yillarida qiymati 7 mln. dollarlik töqimaçilik va trikotaj mahsulotlari eksport qilingan bölsa, 2015 yilda eksportga 1 mlrd. dollardan ziyod mahsulot yetkazib berildi (143 barobar ösgan). Bugungi kunda “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi eksportçi korxonalar soni 260 dan oşdi. Umumiy eksport hajmida yuqori qöşimça qiymatga ega tovarlar uluşi 32,2 foizni taşkil qilmoqda va bu körsatkiç muntazam ösmoqda. Özbekistonda işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozoğiston kabi dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.