Atigi 631 gramm vazn bilan muddatidan avval dunyoga kelgan qizça Abu Dabidagi Medior 24X7 şifoxonasiga yetkazildi. Eng kiçik "bemor" homiladorlikning 26,5 haftaligida tuğildi. Bu haqida Gulf News naşri ma'lum qildi.
"Mö'jizaviy bolakay" deya nom olgan qizça 3 oy davomida şifoxonaning intensiv davolaş bölimida yuqori malakali şifokorlar nazorati ostida böldi. Ötgan oyda ona va bolaga uyga çiqişga ruxsat berilganda qizning vazni deyarli 2 kilogrammga yetgan edi.
Doktor Şenoyning sözlariga köra, "şifokorning öz vaqtida aralaşuvi tufayli yuqori xavf ostida, preklampsiyaning oğir belgilari bilan şifoxonaga keltirilgan ona va bolaning hayoti saqlanib qoldi". Şifokorning aytişiça, onada yuqori qon bosimi kuzatilgan va bu homiladorlik davrining qiyin keçişiga sabab bölgan. Bola keserça kesiş yöli orqali muvaffaqiyatli dunyoga keltirilgan va uç oy mobaynida neonatologiya ekspertlari tomonidan doimiy nazorat qilingan.
Şifokor muddatidan avval tuğilgan bolalarda parvariş juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Vaqtidan ilgari tuğilgan bolalarda respirator distress sindromi, pnevmotoraks, bronxologik displaziya, retinopatiya kabi köplab jiddiy kasalliklar kuzatilişi mumkin ekanligi qayd etildi.












