Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uç kunlik amaliy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib qaytdi. Nufuzli xalqaro tadbirlar va yuqori darajadagi xalqaro uçraşuvlar ötkaziş uçun allaqaçon dunyodagi eng maqbul lokatsiyalardan biriga aylangan Abu Dabi navbatdagi nufuzli tadbirda öz mehmonlarini qabul qildi.

BAAning global raqobatbardoşlik körsatkiçlaridagi yuqori reytinglari, uning keng qamrovli rivojlaniş strategiyasi, innovatsion davlat boşqaruv tizimi, xizmatlar va qulayliklarni taqdim etişdagi mukammalligi hamda global investorlar, ijodkorlar va iste’dodlarni jalb qilişdagi samaradorligi yana bir bor namoyiş qilinmoqda.

BAA yaşaş va işlaş uçun eng maqbul joy sifatida arab va Körfaz hamkorlik kengaşi davlatlari orasida yetakçilik qilyapti. US News & World Report ötkazgan sörovda, BAA hayot sifati, köngiloçar tadbirlar, mehnat bozori va daromad darajasi böyiça mintaqada birinçi va jahon miqyosida 33-örinni egallagan.

Mazkur maqolada birlaşgan amirliklarning şu singari ajoyib natijalari va taraqqiyot yölining dastlabki bosqiçlarida pessimistlarning umidsiz başoratlari asossiz ekanini isbotlab qöygan yetakçilar haqida hikoya qilinadi.

Şayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon – zamonaviy amirlik asosçisi

150 yillik hukmronlikdan söng, 1968 yilda Buyuk Britaniya Fors körfazidan çiqib ketişini e’lon qildi. Bu holat mahalliy hukmdorlarni siyosiy böşliq holatiga yuzlantirgan bir vaqtda, Şayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon (1918-2004) yetakçilikni qölgan oldi va Dubay amiri Şayx Raşid bin Said Ol Maktum bilan birgalikda kuçli davlat barpo qilişga kirişib, qolganlarni ham bunga işontira oldi.

1971 yil 2 dekabrga kelib, rasmiy ravişda BAAni taşkil etişda yetti amirlik Şayx Zoidga ergaşdi. “Ittifoqqa bölgan işonçimiz arab va islomiy merosimizdan kelib çiqadi”, – degan edi Şayx Zoid ittifoq zaruriyatini ta’kidlab. Şu tariqa, u imkonsizdek köringan işni uddaladi va kelajakda global davlat maqomini oladigan yangi davlatning asosçisi böldi.

Ma’lumki, “BAA möjizasi” asosida qora oltin – neft yotadi. Lekin hamma faqat gap bunda emas. Neft va gaz singari qimmatbaho boyliklarga ega davlatlar oz emas va ularning hammasi ham bu boyliklardan foydalanib öz möjizalarini yaratolgani yöq. Şayx Zoid neft bilan nima qiliş mumkinligini va uning oxiri ham borligini yaxşi bilardi. Şuning uçun u butun faoliyatida neftdan samarali, oqilona, adolat bilan foydalaniş harakatida böldi.