Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida 18 noyabr kuni boşlangan «Şayx Zoid» festivali doirasida «Özbekiston» pavilonining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Mazkur pavilon Özbekiston Investitsiya va taşqi savdo vazirligining Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan taşkil etilib, unda davlat ramzi hisoblangan Özbekiston davlat bayroği qabul qilinganining 31 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir ötkazildi. Turizm va madaniy meros vazirligi xabariga köra, tadbirda Qatardagi futbol böyiça jahon çempionatida Özbekiston turizm salohiyatini tarğib qiliş uçun Samarqanddan yölga çiqqan va ayni damda Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib turgan delegatsiya ham iştirok etdi.

«Ta’kidlaş joizki, «Şayx Zoid» madaniy meros an’anaviy festivali törtinçi marta taşkil etilmoqda, 2022 yil 18 noyabrdan 2023 yil 18 martga qadar davom etadi. Tadbir doirasida «Xuş kelibsiz!» nomi ostida dronlar va lazer çiroqlari hamda Amirlik favvoralari şoulari, muşakbozlik, harbiy meros musiqasi, meros musobaqalari va qiziqarli sport tadbirlari bölib ötmoqda.
Festival uçun taşkil etilgan şaharçada 20 dan ortiq iştirokçi mamlakat pavilonlari, yangi qöşilgan San’at şaharçasi, Selfie street maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonçalari, gullar şaharçasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilyonlari taşkil etildi», deyiladi vazirlik xabarida.

«Özbekiston» paviloni Özbekiston Investitsiya va taşqi savdo vazirligining Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan taşkil etilib, Amirliklar tomoni bilan hamkorlikda hamda Turizm va madaniy meros vazirligi kömagida musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oşpazlar iştiroki ta’minlangan holda mamlakatimizning turizm salohiyati keng tarğib qilinadi.
Festival davomida Özbekiston davlat bayroği qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatning BAAdagi diplomatik vakolatxonalarining vatandoşlarga yöllangan tabriklari, özbek milliy kuylari, san’atkorlar çiqişlari, hunarmandlarning mahorat darslari taşkil etildi va davlat bayroği hamda Özbekistonning turizm salohiyatiga bağişlangan videorolik şaharçaning markaziy maydonidagi ekranlarda namoyiş etildi. Özbekiston paviloni tomonidan davlat bayroği kuni munosabati bilan tadbir iştirokçilari uçun bayram dasturxoni taşkil etildi.













