Superkarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Lamborghini kompaniyasi Italiyaning Bolonya şahri aeroportiga Huracan (Dovul) superkarini taqdim etdi. Avtomobil 2017 yil yanvarigaça samolyotlarni uçiş yölagiga qadar kuzatib boradi. 

Superkar Lamborghini kompaniyasining aeroportdan atigi 25 km uzoqlikdagi Sant-Agata Bolonezedagi qarorgohidan olib kelingan. U sariq rangga böyalgan va kuzovning yon tomonlariga şaharning grafik surati tuşirilgan. Miltillovçi mayoqlar bilan jihozlangan va yukxona yuzasiga «Follow me» («Ortimdan yur») sözlari qayd etilgan. 

Lamborghini rahbariyati, superkarning aeroportdagi xizmati Italiya avtomobil markasining muzeyiga taşrif buyuruvçilar sonining oşişiga xizmat qiladi deb umid boğlamoqdalar. 

Foto: Motor.ru

Lamborghini Huracan 5,2 litr hajmli, atmosferali V10 agregati bilan jihozlanadi. U daqiqasiga 560 aylaniş lahzasida 610 ot kuçi bilan ta'minlay oladi. Dvigatelga ikkita uzatmali 7 bosqiçli avtomatik transmissiya yordam beradi. Kupe 3,2 soniyada «yuz»ga çiqa oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 kmni taşkil etadi. 

Kompaniya 2013 yilda ham Bolonya aeroporti xizmatiga superkarini taqdim etgan edi. Öşanda Aventador modeli bu vazifani şaraf bilan ado qilgandi.