Ukrainaning Xarkov viloyatidagi maktab-internatlaridan birida işlovçi pedagog özining 13 yoşli tarbiyalanuvçisini 10 ming dollarga sotmoqçi böldi. Bu haqida mintaqa prokuraturasi saytida xabar berildi. 

"Pedagogga Ukraina JKning 149-modda 3-bandi (Odam savdosi yoki boşqa noqonuniy kelişuvni amalga oşiriş) böyiça ayblov qöyildi", - deyiladi idora xabarida. Mazkur modda böyiça maksimal sanksiya 15 yilga ozodlikdan mahrum qilişdan iborat. 

Pedagog qölga olindi, unga nisbatan tergov işlari olib borilmoqda. 

Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov röy bergan voqeani özining Facebook tarmoğidagi sahifasida izohladi. Unga köra, muammoli ösmirlarga möljallangan maxsus internatning 52 yoşli ukrain tili va adabiyoti öqituvçisi "tarbiyalanuvçi qizni sotiş borasidagi biznes-rejasi ustida deyarli bir yil işlagan".

"U (pedagog) nobop oila qizini topib, uni internatga joylaştirgan, xaridor izlagan, hujjatlarni yetkazgan... Xaridor organlarning köçib ötkazilişiga işora qilib,  bolaning soğliği bilan qiziqqanida qizning suratlari va tibbiy ma'lumotnomasini taqdim etgan", - deb yozadi u. 

Huquq-tartibot organlari xodimlari pedagogning yovuz niyati haqida tört oy oldin xabar topişgan va operativ nazoratni yölga qöyişgan. "Pedagog bolani internat taşqarisiga olib çiqib, xaridorlardan pul olayotganida qölga tuşgan", - deb yozgan Avakov va mazkur iş yuzasidan qözğatilgan tergov işi öz nazoratida ekanini ta'kidlagan.