Ronaldu ijrosida kaming-aut bölgani qançalik haqiqat? Tribuna.Uz buni faktlar orqali aniqlaşga urinadi.
Hozirça yöq. Futbolçi hozirça biror joyda omma oldida çiqiş qilib bu haqda gapirgani yöq. Tan olib aytgani ham yöq. Ispaniyaning asosiy 3ta sport naşri (Marca, AS va Sport) bu haqda hattoki bir qator söz ham bitmadi.
Unda bu iqtibos qayerdan kelib çiqdi?
Ispan radiosi Cope bugun joylaştirgan podkastga Ronaldu öziga noodatiy jinsiy oriyentatsiyasi haqida aytgan Kokega buni tan olgani va şunda ham undan boy ekani bilan javob qaytargani haqida xabar beruvçi sarlavha qöydi.

Xabarda aytilişiça, bu gaplarni Ronaldu öyin tugagaç darhol «Atletiko» stadioni kiyim almaştiriş xonasida şeriklariga gapirib bergan.
Radio uşbu gaplarni jurnalist Xuanmu Kastanoga asoslanib taqdim qilgan. Jurnalist öz navbatida bu haqda «Ronalduning jamoadagi anonim» tanişidan eşitganini aytgan.
Mojaro qanday yuzaga keldi?
«Atletiko» — «Real» ikkinçi bölimida Ronaldu Kokening ortidan turtib yubordi. Sport.es talqiniga köra, hakam bu holatga e'tibor bermagan, biroq futbolçilar tortişib qolgaç,ularning ikkalasini ham ogohlantirgan.

Unda qaysi asoslarga köra, Ronaldu besoqolbozlik odati bilan ayblab kelinadi?
Eng maşhur tarix bu — A Bola naşri tomonidan «Real» prezidenti Florentino Peresning Ronalduga örtoği Badr Xarini körgani Marokaşga borişini taqiqlaganda paydo bölgan. Odatda portugaliyalik futbolçi har hafta öyinlardan keyin samolyotiga ötirib Afrikaga borgan va bir neça soatni örtoği bilan ötkazib qaytib kelardi. Undan bir neça kun oldin marokaşlik jangçi qölida Ronalduni (xuddi sevgan qizini kötarib olgandek) qöliga kötarib turgan rasmini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qiladi. Bu surat hozirga kelib Xarining instagramidan öçirib taşlangan.
Bundan taşqari, yana bir şubhali fakt borki, Ronaldu özining öğlini asl onasi kimligini yaşirib keladi. Ronaldu bilan ommaga ma'lum holatda işqiy munosabatda bölgan sönggi ayol rossiyalik modeler Irina Şeykdir. Ular 2015 yilda ajraşgan. Öşanda Şeyk ajraşişiga sabab sifatida «Menga haqiqiy erkak kerak edi», deya Ronalduning haqiqiy erkak emasligiga işora qilib ötgan.












