Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koke «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida gapirdi
Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Koke o‘z jamoadoshlarini «Real»ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatni imkon qadar tezroq unutishga chaqirdi.
Diyego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida «qaymoqranglilar»ga qarshi maydonga tushgan va 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
«Biz ortga emas, oldinga qarab intilishimiz lozim. Albatta bu mag‘lubiyat og‘ir bo‘ldi, biroq yana muvaffaqiyat qozonamiz, chunki bizda juda kuchli futbolchilar to‘plangan», — deya Kokening so‘zlarini keltirgan Football Espana.
Bundan tashqari, futbolchi Ronaldu bilan munozarasi haqida ham gapirib o‘tgan. U bu tortishuvga jiddiy e'tibor bermaslikni so‘ragan.
«Krishtianu Ronaldu bilan gap talashganimmi? Bu futbol, sportda bunday hodisalar bo‘lib turishi tabiiy hol. Hammasi joyida», — degan Koke.
21 noyabr kuni Ispaniyadagi Cope radiosi derbi vaqtida Koke va Ronaldu o‘rtasidagi janjalga e'tibor qaratdi. Unga ko‘ra, Koke portugaliyalik futbolchini hezalak deya haqoratlagan, va shunday javob olgan: «Agar Madridda uchrashib qolsak, seni nima qilishimni ko‘rasan. Balki men hezalakdirman, ammo bankdagi hisobim haqida sen faqat orzu qilishing mumkin, eshak».
«Atletiko» ayni vaqtda 21 ochko bilan turnir jadvalining 6-o‘rnida qolmoqda.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026