«Atletiko Madrid» yarimhimoyaçisi Koke madridliklar bilan şartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Yangi şartnoma 2024 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. Uning avvalgi şartnomasi 2019 yil yozda yakunlanişi kerak edi.

Koke «Atletiko Madrid» tarbiyalanuvçisi bölib, u jamoa tarkibida 300dan ortiq öyinda maydonga tuşib, 28ta gol va 83ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.