Dr Pepper Snapple Group Inc kompaniyasi raqobatçisi, tarkibida antioksidantlar bölgan içimliklar işlab çiqaruvçi Bai Brands kompaniyasini 1,7 mlrd dollarga xarid qilişi haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters. 

Ta'kidlanişiça, uşbu xarid Dr Pepper’ning soğliq uçun foydali bölgan mahsulotni işlab çiqaruvçi kompaniyalarga sarmoya kiritiş böyiça strategiyasining bir qismi sanaladi. Bu iste'molçilarni şirin, şu bilan bir qatorda kaloriyasiz bölgan içimliklarga ortgan talabi bilan boğliq. Bai kokos suvi, tarkibida 1 g şakar bölgan sovuq çoy va boşqa ösimlik tarkibiy qismlari mavjud bölgan içimliklarni işlab çiqariş bilan maşhur. 

Kutilişiça, kelişuv 2017 yilning I çi kvartalida yakuni yetkaziladi. Dr Pepper’ning sözlariga köra, 2017 yilda Bai sotuvlarining sof hajmi 425 mln dollarni taşkil qiladi. 

Coca-Cola ham öz örnida tabiiy mahsulotlari bilan maşhur bölgan kompaniyalarga sarmoya kiritişni boşladi. Korporatsiya şarbat işlab çiqaruvçi Suja’ga moliya kiritdi, şuningdek Honest Tea va Zico Coconut Water kompaniyalarini xarid qilgan.