Tribuna.Uz Yevropa çempionlar ligasining 5-turidan örin olgan uçraşuvlar böyiça anonslar berişni davom ettiradi. 

Hali heç bir masalaga oydinlik kiritilmagan V guruhida barça törtta jamoada imkoniyat saqlanib qolmoqda. Hattoki bir oçko bilan sönggi örinda borayotgan «Dinamo Kiyev»da ham nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib turibdi. Haqiqiy kuraş uçta jamoa örtasida keçmoqda.

Turnir jadvali. 5 turdan keyin kvartetda «Napoli» 7 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Özaro öyinlardagi natija tufayli neapolliklar «Benfika»dan oldinda turişibdi. «Beşiktoş» esa birorta ham mağlubiyatga uçramagan holda 6 oçko bilan peşqadamlarni izma-iz ta'qib qilişda davom etmoqda. Uşbu turdagi ğalaba «Napoli»ni pley-offga olib çiqişi mumkin. Juda kam bölsada imkoniyatga ega bölgan «Dinamo» Kiyev esa imkoniyatni saqlab qolişi uçun Neapolda ikki töp farqi bilan (yoki 3:2, 4:3 hisobidagi köproq töp kiritilgan bitta töp farqi bilan) ğalaba qozonişi kerak böladi.

Napoli – Dinamo Kiyev (00:45, Matç! Futbol 2)
Öyin oldidan. Şarqiy Yevropaning eng sovrindor jamoasi bu yevromavsumni juda omadsiz ötkazmoqda. Jamoa «Benfika»ga qarşi sönggi ikki öyinda ham ğalaba uçun yaxşi imkoniyatlarga ega bölişdi. Penalti aniq amalga oşrilmadi. Vaziyatlar kökka sovurildi va natijada guruh bosqiçi tugaşiga ikki turga qolganda juda oğir vaziyatda qoldi. «Napoli»ning sönggi ikki öyini haqida ham şu fikrni bildiriş mumkin. Dastlabki ikkita turda yuz foizlik natija qayd qilgan italiyaliklar «Beşiktoş»ga qarşi uçraşuvlarda  bor-yöği bir oçko jamğardi.

Yöqotişlar haqida gap ketganda «Napoli» Arkadiuş Milikdan uzoq muddatga ajralganini yana bir bor eslab ötib ketiş joiz. Qolgan çiziqlarda sezilarli muammo közga taşlanmaydi.

Taxminiy tarkiblar
Napoli: Reyna, Kulibali, Kirikeş, Ğulom, Xyusay, Jorjino, Allan, Hamşik, Kalexon, Mertens, Insine.
Dinamo Kiyev: Rudko, Xaçeridi, Oçigava, Vida, Ribalka, Makarenko, Sidorçuk, Garmaş, Yarmolenko, Tsigankov, Besedin.

Imkoniyatlar. Bukmekerlar fikriça yaqqol favorit «Napoli».  Maurisio Sarri jamoasi ğalabasi uçun 1.45-1.50 koeffitsiyentda stavkalar qabul qilinmoqda. Mehmonlarning ğalabasi uçun 8.10-8.20 örtaça koeffitsiyentni uçratiş mumkin.

Beşiktoş – Benfika (22:45, Matç! Futbol 2)
«Napoli»ga qarşi uçraşuvlarda qölga kiritilgan 4 oçko Rikardo Kuarejma jamoadoşlari uçun juda qöl keldi. «Benfika» bilan Istanbuldagi uçraşuvda jamoa muvaffaqiyatli yurişini davom ettirsa pley-off yöllanmasi uçun juda yaxşi imkoniyatga ega böladi.

Öyindan oldin. Ikkala jamoa ham YeÇLdagi sönggi ikki uçraşuvdagi muvaffaqiyatli iştirok tufayli pley-off yöllanmasi uçun kuraşni davom ettirmoqda. «Benfika» kiyevliklarga qarşi uçraşuvlarda, «Beşiktoş» esa «Napoli» bilan özaro öyinlarda qölga kiritgan kerakli oçkolari evaziga imkoniyatlarini yaxşilab oldi. Ikkala jamoaning birinçi Lissabonda keçgan uçraşuvida durang qayd etilgandi. Turkiyadagi uçraşuv köp masalalarga oydinlik kiritib berişi kutilmoqda
Taxminiy tarkiblar
Beşiktoş: Fabrisio, Bek, Marselo, Luis Rodolfo, Tösun, Inler, Xatçinson, Kuarejma, Arslan, Adriano, Abubakar.
Benfika: Ederson, Nelson Semedu, Luizao, Lindelef, Grimaldo, Pitstsi, Feysa, Salvio, Gonsalu Gedeş, Servi, Mitroglu.

Imkoniyatlar. «Beşiktoş»ning mehmondagi durangi ham bukmekerlarni jamoaga işonç bildirişiga sabab bölmayapti. Koeffitsiyentlarga e'tibor beradigan bölsak, «Benfika»ga kiçik bölsada ustunlik berilmoqda — 2.65-2.70. «Beşiktoş» uçun berilgan stavkalar örtaça 2.80-2.90 koeffitsiyentda baholanmoqda.