Yevropa çempionlar ligasining 5-turidan örin olgan uçraşuvlar bugun yana davom ettiriladi. Tribuna.Uz bölajak öyinlardan anonslar berişni davom ettiradi. Bugungi kun prevyusini A guruhi vakillari boşlab beradi.
Turnir jadvali. Ötkazilgan 4-turdan keyin «kanonirlar» guruhda peşqadamlik qilmoqda. «PSJ» bilan bir xil oçko jamğargan jamoa qöşimça körsatkiçlar evaziga yetakçilik qilmoqda. Parijda 1:1 hisobida durang qayd etgani Venger jamoasiga guruhda birinçi örinni saqlab qolişi uçun katta yordam berişi mumkin. «Bazel» va «Ludogorets» bilan bir oçko töplagan holda yevropa ligasi uçun kuraşni davom ettirmoqda.
Arsenal – PSJ (00:45, Matç! Futbol 1)
Beşinçi turning eng qiziqarli uçraşuvlaridan biri bölişi kutilayotgan öyin. Guruh ğolibligi uçun kuraşayotgan ikki jamoa bu safar «Emireyts»da kuç sinaşadi. Mehmonda durang öynab qaytgan «Arsenal» uçun uşbu ğalaba 1/4 finalga taşlangan qadam bölişi mumkin. Çunki aynan guruh ğoliblari 1/8 finalda nisbatan kuçsizroq jamoa bilan kuç sinaşişi mumkin böladi.
Öyin oldidan. «Arsenal» bu uçraşuvga «Mançester Yunayted» uyida qayd etgan durang natijasi bilan yetib keldi. Bu «kanonirlar» uçun premer-liga doirasidagi ketma-ket ikkinçi durang natija böldi. Oldingi turda jamoa «Tottenhem» bilan murosaga yölini tanlagandi - 1:1. Jamoa 17 uçraşuvdan buyon mağlubiyatga uçramayapti. Yevropa çempionlar ligasining öz uyidagi sönggi beşta uçraşuvda törtta ğalaba qozongan. «PSJ» esa şanba kuni «Renn»ni Di Mariya va Xese tomonidan kiritilgan gollar evaziga mağlub etdi. Bu jamoaning sönggi törtta uçraşuvda qozongan ğalabasi böldi. Jamoa umuman olganda 9ta uçraşuvdan beri mağlubiyatga uçramayapti. Çempionlar ligasi haqida gapiradigan bölsak, sönggi 10ta uçraşuvda parijliklar faqat bir marta – «Mançester Siti»ga imkoniyatni boy berib qöyişgan. YeÇL doirasida sönggi 7ta safar öyinining beştasida «PSJ» muvaffaqiyat qozongan.
Yöqotişlar. «PSJ» uçun yoqimsiz xabar bu Serj Orening Britaniya vizasini ololmagani böldi. Natijada jamoaning asosiy qanot himoyaçisi uçraşuvni ötkazib yuboradigan böldi. «Arsenal» tarkibida esa Ektor Belerinning jarohati bor. Santi Kasorla esa uzoq vaqtdan beri maydonga tuşmay kelayotgani uçun ham bugun uning yöqligi bilinmasa kerak.
Taxminiy tarkiblar













