Parij şimolida ikki qatarlik qizdan 5,3 mln dollardan köproq qiymatdagi zebu-ziynat va şaxsiy buyumlar öğirlab ketildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Şahar prokurorining boş kotibi Flaven Fukening aytişiça, qizlar Burjye aeroportidan Şarl de Goll nomidagi aeroportga ketişayotganda niqobli ikki noma'lum kimsa ularning avtomobilini yölini tösgan.

Ma'lum qilinişiça, jinoyatçilar qizlarni avtomobilni töxtatişga majbur qilib, avtomobil içiga közni açiştiruvçi gaz sepib, qizlardagi barça qimmatbaho buyumlarni öğirlab ketişgan.

Parijda yaqinda şunga öxşaş öğirliklar sodir etilgandi. Bundan avvalroq tayvanlik tadbirkor ayol tunab ketilgan. Bu voqeadan bir kun avval esa amerikalik yulduz Kim Kardaşyan özi töxtagan mehmonxonada 5 nafar jinoyatçi tomondan tunab ketilgandi.