AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Vaşington va Moskva örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş tarafdori, biroq bu yönalişda tubdan buriliş yasamoqçi emas. Bu haqida respublikaçi The New York Times gazetasi jurnalistlari bilan bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qildi.
Manbaga köra, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bölib ötgan telefon muloqotiga doir tafsilotlar bilan bölişişdan boş tortgan. Şunday bölsa-da, Putin bilan munosabatlar yaxşilansa, maqsadga muvofiq bölişini ta'kidlagan, biroq Vaşington va Moskva örtasidagi munosabatlarni ta'riflaşda "qayta yölga qöyiş" sözini qöllaşga qarşiligini bildirgan.
"Röy bergan voqealardan keyin bu sözni qöllaşni joiz deb bilmayman", - dedi Tramp. Saylov oldi kampaniyasida respublikaçi bir neça marta Hillari Klinton tomonidan qöllangan Rossiya-Amerika munosabatlarini "qayta yölga qöyiş" borasidagi urinişlari tanazzulga yuz tutganini yodga soldi. Trampning fikriça, Klinton va Barak Obama ma'muriyatining xatolari sababli AQŞ va RF örtasidagi munosabatlar yomonlaşgan.
Maqolada yozilişiça, Tramp jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvida Suriyadagi töqnaşuvlarni töxtatişga doir aniq ğoyalari borligini ma'lum qilgan, biroq bu boradagi rejalariga batafsil töxtalmagan.












