22 noyabr seşanba kunidan boşlangan örmon yonğinlari Isroil uzra tarqalmoqda. Bunga, ikki oydan beri davom etgan qurğoqçilik va kuçli şamol esayotgani sabab qilib körsatilmoqda. U 24 va 25 noyabr kunlari ham davom etilişi kutilayapti, deb yozmoqda Haaretz gazetasi.
Uçinçi kundan beri davom etayotgan dahşatli yonğinlar tufayli Isroil şimolidagi ön minglab aholi zudlik bilan xavfsiz joylarga köçirilayotgani xabar qilinmoqda.

Isroil xavfsizlik idoralarining ayrim xodimlari, uşbu yonğinlar siyosiy maqsadda qasddan öt qöyiş natijasida yuz berganini taxmin qilişmoqda. Biroq, şu bilan birga, yirik taşkilotlar qöli borligi inkor qilinmoqda.
Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Gilad Erdan sözlariga köra, ikki oydan beri davom etgan qurğoqçilik tufayli yuz bergan yonğinlar, kuçli şamol sababli hafta oxiri va kelasi haftada ham davom etişi mumkin.
24 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlaşgan boş vazir Benjamin Netanyahuning aytişiça, Rossiya rahbari zudlik bilan alangaga qarşi kuraşişda yordam beriş uçun ikkita Be-200 samolyotlarini yuborişini bildirgan. Turkiya rahbariyati ham Gretsiya, Italiya, Xorvatiya va Kipr hukumatlari bilan birga yonğinga qarşi kuraşda yordam berişini ma'lum qilgan. Şu bilan jami 10ta samolyot Isroilga kelişi kutilmoqda.

Mamlakat şimolidagi Hayfa şahrida bir neça yöllar va maktablar yopilgan, ön minglab kişilar köçirilişi e'lon qilingan. Hayfa universiteti ham köçirilayotgani aytilmoqda.
Şahar hokimi Yonah Yahavning Channel 2 TV telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, şaharning bir neça hududida yonğin qayd etilgan. Uning sözlariga köra, yonğinlardan biriga, sanoat hududida sigareta qoldiğining ehtiyotsizlik bilan yoqilği va tez yonuvçi suyuqliklar yaqiniga taşlangani sabab bölgan. Şundan söng, alanga katta sur'atlarda qurib qolgan daraxtlar va ösimliklarni öz domiga torta boşlagan.
Şu bilan birga, mamlakat janubiy tumanlarida ham bir neça alanga öçoqlari aniqlangan va ularga qarşi kuraş davom ettirilmoqda.





















