Janubiy-Qozoğiston viloyati rahbari Janseit Tuymebayevning fuqarolar bilan uçraşuvi paytida erkaklardan biri barçani lol qoldirdi. Viloyatda istiqomat qiluvçi şaxs Janubiy Qozoğistonga 5 mlrd yevro sarmoya kiritiş taklifi bilan çiqdi, deb xabar berdi TVK telekanali.
Baydibek tumanilik erkakning özi ham yirik sarmoya kiritmoqçi. Noma'lum bölgan yirik investor uşbu viloyatga 5 milliard yevro pul kiritişi mumkinligini xabar berdi. Bunday yirik summa – 1 trillion 800 million tengedan ortiq, nafaqat hokimni, balki barçani hayratga soldi.
Maxfiy milliarder Baybek Şimirbayev uçraşuvga avtobusda keldi. Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, sarmoyador Olma-ota şahriga 10 milliard mablağ yönaltirgan.
Uşbu şaxs haqidagi internetda deyarli heç qanday ma'lumot yöq. Faqatgina, Janubiy-Qozoğiston viloyatiga bunday mablağni yönaltirmoqçi bölgan jamğarma borligi ma'lum böldi.
Milliarder Qozoğistonning 25 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidentiga qimmatbaho sovğa qilişga va'da berdi.
“Mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan men 25 milliard yevro sovğa qilaman. Şaxsan özim prezidentga uni beraman. Janubiy Qozoğistonga esa 5 milliard, ya'ni beşdan bir qismi. Men heç qanday naf haqida öylamayapman. Bu mening Qozoğistonim, bu mening xalqim. U eng yaxşi”, - deya aytib ötdi Şimirbayev.












