Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Qozog‘istonda Ramazon oyi munosabati bilan bepul taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Foto: lenta.inform.kz
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Qozog‘iston viloyatining ba'zi taksichilari bepul xizmat ko‘rsatmoqdalar, deb xabar berdi "Kazinform" axborot agentligi. Viloyatdagi O‘tirar tumanida erta tongdan 4 ta taksi mashinasi yo‘lovchilarni o‘z manzillariga bepul eltib qo‘ymoqda.
"Bugun O‘tirarda Ramazon oyi munosabati bilan peshingacha "Bepul taksi" xizmat ko‘rsatmoqda. Aktsiya tashkilotchilari bu savobli ishda ishtirok etmoqchi bo‘lib aksiyaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlarni "Aristonbob" markaziy masjidiga murojaat qilishlarini so‘raydilar", deb ma'lum qilgan mahalliy vakil Yerkegali Tanatarov feysbukdagi sahifasida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, ushbu tashabbusni masjid rahbariyati bildirgan. Bepul taksi xizmatini ko‘rsatuvchi mashinalarda "Janubiy Qozog‘iston viloyatining "Aristonbob" masjidi yoshlar ishlari bo‘yicha vakolatxonasi" degan yozuvni ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
12:35 / 16.03.2026
16 mart kuni O‘zbekistondagi 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
09:08 / 24.02.2026