Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Qozog‘istonning Olma-ota viloyatlari o‘rtasida qardoshlik Memorandumi imzolandi
13 aprel kuni Andijon viloyatiga Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota viloyatidan rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Qardosh mamlakatdan kelgan mehmonlar bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan qabul uyushtirilib, unda ikki viloyat o‘rtasida uzoq kelajakka mo‘ljallangan iqtisodiy, savdo, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun qilinajak rejalar haqida so‘z bordi.

Olma-ota viloyati hokimi Amandyk Batalov yig‘ilganlarga o‘z hududini tanishtirib, o‘lkaning tabiati, mavjud sanoat va ishlab chiqarish sohalari, turistik yo‘nalishlar haqida tushuncha berdi. O‘z o‘rnida Andijon viloyati hokimi 2017 yilda viloyat va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 121 million AQSh dollarini tashkil etgani, Andijondan qo‘shni davlatga avtomobil, ehtiyot qismlar, tekstil mahsulotlari, poyabzal eksport qilinishi va o‘z navbatida Qozog‘istondan un, shakar, yog‘och, qora metall, bitum, sement va boshqa mahsulotlar keltirilishiga to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida har ikki viloyat hokimlari iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro kelishuv Memorandumiga imzo chekdilar.


Mehmonlar Asakadagi avtomobil zavodi, “Bog‘i Bobur” istirohat bog‘i, Ho‘jaoboddagi “SAMO” va “Barchinoy” tekstil korxonalari, “Navigul” logistika markazi, Andijon tumanidagi insulin ishlab chiqaruvchi farmatsevtika korxonalarida bo‘lishdi.






KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025