«Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Stiven Jyerrard futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Futbolçilik faoliyatim ajoyib ötdi. Men «Liverpul», «Los-Anjyeles Gelaksi» va Angliya terma jamoasi uçun ötgan lahzalar uçun minnatdorçilik bildiraman.

Men özimni baxtiyor his qilişim mumkin, şunça ajoyib lahzalarni yaşadim. Men «Liverpul» uçun 700dan ortiq uçraşuv ötkazganimdan mamnunman, bu uçraşuvlarning asosiy qismida sardor sifatida öynadim.

Men buyuk futbolçilar bilan yonma-yon öynadim. Hamişa meni qöllab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Oilamga alohida minnatdorçilik aytaman.

Kelajagim borasidagi qarorimni yaqin vaqt içida ma'lum qilaman», — degan Jyerrard.

36 yoşli angliyalik futbolçi mersisaydliklar klubi safida 1998 yildan 2015 yilgaça öynagan, «qizillar» jamoasi uçun 729 öyin ötkazgan va 185 gol urib, 115ta golga hammualliflik qilgan. U terma jamoa libosini kiyib 114 marta maydonga tuşgan va 21 marta öz golini nişonlagan.

Jyerrard 2 marta Angliya Kubogi sohibi, 3 marta Liga Kubogi sohibi bölgan. U 2005 yilda jamoasi bilan Yevropa çempionlar ligasida ğolib çiqqan.

Uning sovrinlari qatorida UYeFA Kubogi, UYeFA Superkubogi va Angliya Superkubogi ham bor.