Öta yangi yulduzning portlaşi – eng ulkan va gözal astronomik hodisalardan biri. Hubble kabi eng kuçli teleskoplar koinotning turli yerlarida amalga oşib bölgan holatni röyxatga olib boradi, biroq şu paytga qadar insoniyat halokatli hamda eng birinçi nuqtadan boşlanuvçi “ölim” hodisasini kuzatmagandi.

Fazo agentliklari va turli ilmiy telekanallar bir neça marotaba öta yangi yulduzning portlaşiga öxşaş 3D-roliklarini yaratişdi. Ammo fransiyalik rejissyor va rassom Tomas Vans bu jarayonni kompyuterdagi modellaştiş va raqamli texnologiyalarni işlatmagan holda namoyiş etdi. Barça fazoviy harakat suyuqlik bilan töldirilgan akvariumda röy berib, u yerga yonib turuvçi fluoressentli böyoqlar asta-sekin qöşib borildi.