Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi davlat standarti qabul qilindi
Yulduz toifasiga ega mehmonxonalarga doir talablarni belgilaydigan davlat standarti qabul qilindi.

Foto: uzbektourism.uz
2023 yil 1 oktyabrgacha xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda kamida 50 ta mehmonxonaga “to‘rt yulduz” va 200 tasiga “uch yulduz” olib berish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.
Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘mita tomonidan turizm sohasi ilg‘or rivojlangan davlatlarning mehmonxonalarga yulduz toifasini belgilovchi hujjatlarining talablari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida, amaldagi davlat standarti talablari qayta ko‘rib chiqildi va balli tasniflash orqali yulduz toifasini beruvchi yangi standart loyihasi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqildi. Yangi davlat standartiga kiritilgan talablar Hilton, Hampton by Hilton, Hyatt Regency Tashkent, Wyndham Hotels & Resors mehmonxonalari biznes vakillari va boshqa mehmonxona vakillari bilan kelishildi.
Ushbu davlat standarti mehmonxonalarni balli asosda tasniflash tizimini belgilaydi. Toifalar “*” (yulduz) belgisi bilan belgilanadi va beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi. Joylashtirish vositalari uchun – eng yuqori toifa “*****” (besh yulduz) va eng past “*” (bitta yulduz) hisoblanadi.
Joylashtirish vositalari davlat standartining ilovasiga muvofiq tasniflanadi. Bunda “m” bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi. Majburiy bo‘lmagan talablar bajarilganda esa qo‘shimcha ball beriladi. Ballar yig‘indisiga ko‘ra tegishli yulduz toifasi beriladi.
Yangi davlat standarti 2023 yilning 7 noyabridan amalga joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN: Pentagon Ukraina uchun qurollarni omborlarga qaytarishi mumkin
Jahon | 13:51
-
Germaniya Isroilga qurol eksportini qisman to‘xtatdi
Jahon | 13:27
-
Hindiston AQShdan qurol xaridini to‘xtatib qo‘ygani haqidagi xabarni rad etdi
Jahon | 13:23
-
Putin Tramp bilan ko‘rishish uchun Amerikaga boradi. Nega Alyaskaga?
Jahon | 13:19
Mavzuga oid

18:43 / 07.08.2025
Yakkasaroyda mehmonxona qurilishi bo‘yicha sud davom etmoqda

14:22 / 05.08.2025
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

22:20 / 30.07.2025
Tashkent City Mall'da JW Marriott mehmonxonasi ochiladi

16:15 / 25.07.2025