Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov Konimex tumanining Yangiğazğon ovuli hududida qurilayotgan mazkur loyiha bilan tanişgan. Viloyat rahbari quriliş işlarining borişi va majmuada dam oluvçilar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlarni közdan keçirgan. 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanişiça, bu yerda sayyohlar uçun an’anaviy va noan’anaviy bölgan 10 ga yaqin xizmat turlari yölga qöyiladi. Ot, tuyada hamda kvadrosiklda sayr qiliş, tuz va tuya suti bilan davolaş, yulduzlarni kuzatiş xizmatlari şular jumlasidandir.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uşbu maskan loyiha quvvatiga köra kuniga 250 nafarga yaqin dam oluvçiga xizmat körsatadi. Majmua işga tuşgaç turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni taşkil etişi közda tutilgan.