Amazon arab dunyosidagi eng yirik onlayn-riteyler Souq.com’ni 1 mlrd dollarga xarid qiliş böyiça muzokaralar ötkazmoqda, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayangan holda. Bu kelişuv Amerika gigantiga Yaqin Şarqdagi öz biznesining kengaytiriş imkonini beradi.
Agentlik suhbatdoşining ma'lumotlariga köra, Amazon elektron savdo platformasini butunligiça sotib olmoqçi. Avvalroq Souq.com kompaniya aksiyalarining faqatgina 30 foizini sotmoqçiligi ma'lum bölgandi. Xabar qilinişiça, tomonlar yakuniy qarorga kelişmagan.
Manba ma'lumotiga qaraganda, Souq.com ehtimoliy xaridorlarni topiş maqsadida Amerikaning Goldman Sachs banki xizmatidan foydalandi. Ortayotgan talab tufayli elektron savdo platformasining qiymati 1,2 mlrd dollarga yetişi mumkin.
Ma'lumot uçun, Souq.com Saudiya Arabistoni, BAA va Misrlik mijozlarga 1,5 mln.dan ortiq mahsulotlarni onlayn-sotiş bilan şuğullanadi.











