AQŞning Florida ştati osmonida guvohlar ğayritabiiy olov şarni tasvirga olişdi. Voqea 21 noyabr keçki vaqt yuz bergan. Venetsiya şahri aholisi osmonda uçayotgan yorqin jismni payqaşgan. Uşbu holat aks etgan bir neça video internetda joylaştirilgan. Foydalanuvçilar uşbu hodisaga öz izohlarini berganlar. Bu haqda The Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Ba'zi foydalanuvçilar sayyoramizga özga sayyoraliklar taşrif buyurişganini taxmin qilişgan, boşqalar esa şarning paydo bölişini AQŞ tomonidan ötkazilayotgan siyosat bilan boğlaşgan.
Biroq AQŞ meteorologlar jamiyatida uşbu hodisaga aniq tuşuntiriş berildi. Mutaxassislar Florida uzra Yer atmosferasida yongan meteorit ötganini aytişgan. Samo jismi şimoli-ğarb tomon uçib ketib, u yerda butkul yonib yöq bölib ketgan. Olimlarning aytişiça, jismning tezligi soniyasiga 17 km ni taşkil qilgan, şarning ölçami esa basketbol töpinikidek kelgan.












