Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Videokonferensiya şaklida taşkil etilgan uçraşuvni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati T.Norboyev oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili Ç.Jumaqulov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.
Surxondaryo viloyati özining iqtisodiy salohiyati, muhim geografik örni, tabiiy imkoniyatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida ana şu salohiyat va imkoniyatlarni voha ahli, butun xalqimiz manfaatlari yölida işlatiş böyiça ulkan işlar amalga oşirildi. Viloyat iqtisodiyoti barqaror ösiş sur'atlari bilan rivojlanmoqda.
Töpalang gidroelektrostansiyasi, Jarqörğon neftni qayta işlaş zavodi, “Şarğun kömir”, “Xöjaikon tuz” aksiyadorlik jamiyatlari, “Xonjiza” kon-boyitiş majmuasi kabi yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim örin tutadi. Hududda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik ham jadal rivojlanmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 75 foizga, hududiy eksportdagi uluşi 58 foizga yetdi. Mehnat bilan band aholining 80 foizi ana şu sohada faoliyat körsatmoqda.
Dastur partiyaning ğoya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi köpçilik – demokratik kuçlar blokiga nisbatan özini muxolifat, deb e'lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator ğoyalarga asoslanişi ta'kidlandi.
Korxona va iş beruvçilarning tegişli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilişi hamda muntazam harakatdagi “kollej – korxona” aloqalarini yölga qöyiş, nogironlar mehnat qilişi uçun ixtisoslaşgan korxonalar taşkil etişning aniq mexanizmlarini işlab çiqiş, jumladan, uşbu maqsadda davlatning markazlaşgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmoğini rivojlantiriş va yirik korxonalarga kasanaçilik iş joylarini taşkil etiş böyiça majburiy kvotalar belgilaş orqali jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarni kasanaçilik faoliyatiga jalb qilişni kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Dasturda öqiş uçun şartnoma pulini tölaşga qiynalayotgan kam ta'minlangan oilalar farzandlariga şartnoma pullarini tölayotgan korxonalarni rağbatlantiriş, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya yordami körsatilişini tartibga soluvçi tegişli qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oşirişga ham alohida e'tibor qaratilgan.











