Hindiston hukumati 24 noyabrda xorijliklar 15 dekabrgaça haftasiga 5000 rupiyga teng miqdordagi dollarnigina (73 dollar) ayirboşlay olişlari haqida qaror çiqardi.

9 noyabrdan Hindistonda xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, qalbaki pul yasovçilar va terrorçilikni moliyalaştirişga qarşi kuraş doirasida muomaladan 500 va 1000 rupiylik qoğoz pullar çiqarib taşlandi. Oqibatda odamlar valyutani almaştiriş uçun banklar va banknomatlar oldida soatlab navbatda turişa majbur bölganlar.  

"Xorijiy fuqarolarga xorijiy valyutani haftasiga 5000 rupiy miqdorida ayirboşlaşga ruxsat beriladi. Ularning pasportlarida bu haqda maxsus belgi qöyiladi", deyilgan hukumat matbuot bayonotida, biroq bu belgi qanday tarzda qöyilişi borasida tuşuntiriş berilmagan.

Bundan taşqari, 24 noyabrdan banklarda eski pullarni yangilariga almaştiriş töxtatiladi, endi ularni faqatgina bankda hisob raqam oçib, unga qöyiş mumkin böladi.   

Şu bilan birga eski qoğoz pullardan ma'lum tölovlarni amalga oşirişda foydalaniş muddati uzaytirildi, ular davlat şifoxonalarida, AYoQŞlarda, kooperativ dökonlarda, avtomagistrallarda boj oliş punktlarida qabul qilinişda davom etadi. Bundan taşqari, yana bir neça imtiyozlar berildi: 500 rupiylik qoğoz pul bilan uyali aloqa, maktabdagi ta'lim uçun tölovni amalga oşiriş mumkin. Biroq şu bilan birga çeklovlar ham kiritilmoqda: köp hollarda faqatgina 500 rupiylik pullar qabul qilinadi, kooperativ dökonlarda 5 ming rupiydan oşmaydigan xaridni amalga oşiriş, kommunal xizmatlardan faqatgina elektr va suv uçun eski pullarda haq tölaş mumkin böladi.