Rossiyaning Voronej viloyatidagi Borisoglebsk axloq-tuzatiş koloniyasida jazo ötayotgan aralaş yakkakuraş jangçisi, maşhur jangçi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko 24 noyabrda ozodlikka çiqdi. Bu haqda uning advokati Kaxaber Dolbadze ma'lum qildi. Aleksandr jinsiy xarakterdagi zöravon harakatlari uçun sudlangandi. 

"Aleksandr soat 15.00 dan keyin ozodlikka çiqqan. Men u bilan gaplaşdim, u barçasini osoyiştalik bilan qabul qilgan. U hozir Tambovda va ona şahri Stariy Oskolga onasi yoniga ketmoqda", deb aytgan advokat.

Avvalroq ma'lum qilingandek, jazo muddatining ötalmagan qismi 2 yillik axloq-tuzatiş işlari bilan almaştirilgan. Bu davr içida sportçining maoşidan 10 foizi davlat hisobiga ötkaziladi.