Eron hukumati Semnan provinsiyasida yölovçi poyezdlari töqnaşuvidan keyin 3 nafar davlat temir yöl kompaniyasi xodimini qölga oldi. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Ma'lum bölişiça, töqnaşuv yuzasidan tergov işlari davom etmoqda. 

Juma kuni Imamşehr şahridagi temir yöl stansiyasida mahalliy vaqt bilan soat 7:40da YTH sodir bölgan. Poyezdlardan biri platformada turgan paytda boşqa bir poyezd kelib urilgan. Töqnaşuv natijasida törtta vagon izidan çiqqan. 

Mahalliy hukumatning ma'lum qilişiça, harakatlanayotgan poyezdda 400 kişi bölgan. Sönggi xabarlarga köra, avariya natijasida 45 kişi halok bölgan, 100dan ortiq kişi turli jarohatlar olgan.

Noqulay ob-havo şaroiti tufayli qutqariş işlari qiyin keçdi.