Xitoy "havo-havo" sinfidagi gipertovuşli raketani otiş sinovlarini ötkazdi. Bu raketalar 482 km uzoqlikdagi nişonlarni yöq qila oladi. Sinovlar vaqtida J-16 qiruvçi samolyotidan otilgan gipertovuşli raketaning uzunligi 5,8 metrni, diametri esa 33 sm ni taşkil qiladi. Mutaxassislarning fikriça, bu raketa AQŞ va NATO davlatlarida mavjud bölgan bunday sinfdagi raketalarning istalganidan ustunroqdir, deb xabar bermoqda Defense World.
Popular Science naşrining yozişiça, raketa bosib öta oladigan masofaning oşirilişi nişon bu sinfdagi raketadan özib keta olmaydigan, jumladan stels-texnologiyalarga ega tovuşdan tez harakatlanuvçi samolyotlar çap bera olmaydigan hududni kattalaştiradi.
Yangi raketa takomillaştirilgan yöldoşli navigatsiyaga ega. U öz nişoniga yaqinlaşganda, yon dvigatellari uning harakatçanligini oşiradi.












